EKOLOGIK-IQTISODIY TIZIMLARDA MINTAQAVIY BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI
Abstract
Zamonaviy globallashuv jarayonlarida iqtisodiy o‘sishning an’anaviy modeli tabiiy resurslarning haddan tashqari ekspluatatsiyasi, ekologik muvozanatning buzilishi va iqlim o‘zgarishlarining kuchayishi bilan tavsiflanmoqda Modelning markaziy qismida joylashgan Agile–Green–Digital komponentlari mintaqaviy boshqaruvning zamonaviy paradigmasini ifodalaydi. Agile yondashuv boshqaruv jarayonida moslashuvchanlik, tezkor qaror qabul qilish va noaniqliklarni samarali boshqarishni ta’minlasa, Green komponent iqtisodiy faoliyatni ekologik cheklovlar bilan uyg‘unlashtirish, resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Digital komponent esa raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili orqali boshqaruv jarayonlarini optimallashtiradi hamda monitoring va nazorat tizimini kuchaytiradi. Ushbu uch yondashuvning o‘zaro kesishuv nuqtasida integratsiyalashgan boshqaruv mexanizmi shakllanib, u zamonaviy iqtisodiy tizimlar uchun eng samarali boshqaruv modeli sifatida namoyon bo‘ladi.