YOG‘LI GEPATOZ KASALLIGIDA OVQATLANISH STRATEGIYASINING PATOFIZIOLOGIK VA KLINIK-GENETIK ASOSLARI
Abstract
Dolzarbligi: Metabolik-assotsiyalangan yog‘li jigar kasalligi hozirgi kunda jahon hamjamiyatida universal kardiometabolik pandemiya sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu patologiya ko‘p a’zoli tizimli kasallik bo‘lib, uning patogenezi insulin rezistentligi, lipidlar almashinuvining genetik va epigenetik buzilishlari hamda surunkali subklinik yallig‘lanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda jigar steatozini regressiya qilishda spetsifik farmakoterapevtik vositalarning samaradorligi yetarli emasligi sababli, kasallikning gepatotsellulyar karsinoma va jigar sirrozi bosqichiga o‘tishini to‘xtatishda patofiziologik jihatdan asoslangan nutritiv (dietologik) modifikatsiya birlamchi fundamental va patogenetik davolash strategiyasi bo‘lib qolmoqda.