YUQORI SAMARALI SUSPENZION PESTITSID KOMPOZITSIYALARINI OLISH VA ULARNING REOLOGIK XUSUSIYATLEARINI O‘RGANISH

Authors

  • Ergashev Sanjarbek Ulug`bek o`g`li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: suspenzion konsentrat, pestitsid, reologiya, qovushqoqlik, dispersant, stabilizator, sedimentatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlar.

Abstract

Annotatsiya. Yuqori samarali suspenzion pestitsid kompozitsiyalarini ishlab chiqish, ularning tarkibini optimallashtirish hamda reologik va fizik-kimyoviy xususiyatlarini baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda faol modda, dispersant, stabilizator va boshqa yordamchi komponentlarning suspenziya barqarorligiga ta'siri tahlil qilindi. Kompozitsiyalarning qovushqoqligi, zarracha o‘lchami, sedimentatsiya darajasi va qayta dispersiyalanish qobiliyati o‘rganildi. Natijalar suspenziyaning reologik xossalari uning saqlash barqarorligi va qo‘llash samaradorligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Tadqiqot yakunida yuqori biologik samaradorlikka ega, ekologik jihatdan nisbatan xavfsiz va uzoq muddat barqaror saqlanadigan suspenzion pestitsid kompozitsiyasini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

References

Published

2026-07-10