BANKLARDA MIJOZLARNING MOLIYAVIY HOLATINI ANIQLASH USLUBINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI KREDIT PORTFELI SIFATINI OSHIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: mijozning moliyaviy holati, kredit portfeli, kredit riski, kreditga layoqatlilik, moliyaviy tahlil, skoring modeli, reyting baholash, risk-menejment, tijorat banklari, muammoli kreditlar (NPL), kredit siyosati, moliyaviy koeffitsientlar, kredit monitoringi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda tijorat banklarida mijozlarning moliyaviy holatini baholash uslublarini takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Qarz oluvchilarning moliyaviy holatini aniqlashda qo‘llanilayotgan amaldagi yondashuvlar tahlil qilinib, ularning afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni kompleks baholash, risklarni aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish hamda kredit qarorlari qabul qilish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuvlar banklarda kredit risklarini kamaytirish, muammoli kreditlar ulushini qisqartirish va kredit portfeli sifatini oshirishga xizmat qiladi.