INKLYUZIV TA'LIMNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: Inklyuziv ta'lim, alohida ta'lim ehtiyojlari, ijtimoiy integratsiya, pedagogik kompetensiya, teng imkoniyatlar, moslashuvchan o'quv dasturi, pedagogik moslashuv.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan inklyuziv ta'limning pedagogik va ijtimoiy afzalliklari hamda uni amaliyotga joriy etishda yuzaga kelayotgan tizimli muammolar atroflicha tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarni umumta'lim jarayoniga integratsiya qilish orqali ularning jamiyatga moslashuvi, teng imkoniyatlarga ega bo'lishi va ijtimoiy tenglikni ta'minlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, maqolada infratuzilma yetishmovchiligi, pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi darajasi, jamiyatdagi stereotiplar va moddiy-texnik bazaning yetarsizligi kabi to'siqlar ko'rib chiqiladi. Yakunda inklyuziv ta'lim muhitini samarali tashkil etish va doimiy rivojlantirish bo'yicha amaliy taklif hamda tavsiyalar ilgari suriladi.