QO`SHIQLAR UCHADI TOG‘LARDAN OSHIB …
Abstract
Saksoninchi yillar o‘zbek she’riyatida ro‘y bergan o‘zgarishlar, xususan, ijtimoy mavzuning ustuvor ko‘rinish olishi poetik tafakkurning bosqichma-bosqich yangilanishi barobarida voqe bo‘ldi. Bu holatlar shoir Shavkat Rahmon ijodida yanada yorqinroq ko‘rinadi. She’riyatda mavzu, ohang va so‘zning bir-biri bilan uyg‘un in’ikosi badiiy mukammalikni ta’minlaydi. Shunday ekan, har bir ijodkorning bu boradagi mahoratini tadqiq etish, nafaqat bir ijodkor, balki ma’lum bir davr she’riyatini yaqindan o‘rganish imkonini beradi. Biz bu o‘rinda 80-yillar she’riyatida badiiy obraz, aniqrog‘i, poetik so‘zning ma’no qirralarini mavzu ko‘lamida yangilanish jarayonini shoir Shavkat Rahmon she’rlari misolida qarab chiqmoqchimiz.
References
Downloads
Published
2026-08-09