PEDAGOGIK QOBILIYATNING O‘QITUVCHI KASBIY FAOLIYATI SAMARADORLIGIDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: pedagogik qobiliyat, pedagogik faoliyat, kasbiy kompetentlik, kasbiy rivojlanish, ilmiy-metodik kuzatuv, o‘z-o‘zini rivojlantirish, pedagogik mahorat, monitoring, refleksiya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada pedagogik qobiliyatning o‘qituvchi kasbiy faoliyatini samarali tashkil etishdagi o‘rni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim mazmunining yangilanib borishi sharoitida pedagogdan faqat o‘quv dasturini amalga oshirish emas, balki o‘quvchilarning ichki salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish va muntazam ravishda o‘z ustida ishlash talab etilishi asoslanadi. Tadqiqotda pedagogning kasbiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillar, ilmiy-metodik kuzatuvning ahamiyati, o‘z-o‘zini bilish, o‘zini dasturlash, o‘zini harakatga undash hamda o‘zini baholash kabi kasbiy o‘zini rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilindi. Tahlil natijasida pedagogik qobiliyatning kasbiy mahorat, metodik tayyorgarlik va uzluksiz o‘z-o‘zini rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatildi.