A.P. CHEXOVNING “XAMELEON” HIKOYASIDA IJTIMOIY MUHIT VA INSON XARAKTERINING BADIIY TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Anton Chexov, “Xameleon”, Ochumelov, satira, kinoya, ramz, badiiy detal, ijtimoiy adolatsizlik, mansabparastlik, ikkiyuzlamachilik.Abstract
Annotatsiya. Maqolada Anton Pavlovich Chexovning “Xameleon” hikoyasida ijtimoiy muhit, mansabparastlik va inson xarakteridagi o‘zgaruvchanlikning badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Hikoya syujeti, Ochumelov obrazi, dialoglar, satirik-kinoyaviy tasvir, ramziylik va badiiy detalning o‘zaro aloqasi ochib beriladi. Qahramonning it egasining mavqeiga qarab munosabatini bir necha bor o‘zgartirishi asarning markaziy konfliktini yuzaga keltirishi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida “xameleon” tushunchasi nafaqat qahramonning shaxsiy xususiyatini, balki kuch va mansab oldida prinsiplaridan voz kechuvchi ijtimoiy xulq modelini ifodalovchi ramz sifatida talqin qilinadi. Asarning badiiy ixchamligi ortida ijtimoiy adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik va mustaqil fikrning zaiflashuvi kabi muammolar mujassam ekani asoslanadi.