BIRLAMCHI TIBBIY YORDAMDA SEMIZLIK PROFILAKTIKASI VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING TIBBIY-IJTIMOIY AHAMIYATI
Abstract
Mazkur tezisda semizlikning dunyo va Oʻzbekistonda dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo ekanligi, uning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy xavf omillari hamda birlamchi tibbiy yordam sharoitida olib boriladigan profilaktik tadbirlarning ahamiyati yoritilgan. Semizlik yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, arterial gipertenziya va boshqa surunkali kasalliklarning asosiy xavf omillaridan biri hisoblanadi. Birlamchi tibbiy yordam bo‘g‘inida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, tana vaznini muntazam nazorat qilish va aholining tibbiy savodxonligini oshirish orqali semizlikning oldini olish mumkin. Zamonaviy profilaktik yondashuvlar kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirishga va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: semizlik, birlamchi tibbiy yordam, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, tana massasi indeksi, jismoniy faollik, ratsional ovqatlanish