IROQ VA ARAB DAVLATLARINING MARKAZIY OSIYODAGI SIYOSIY VA GEOIQTISODIY MANFAATLARI: O‘ZBEKISTON BILAN HAMKORLIKNING YANGI TENDENSIYALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Iroq, Arab davlatlari, O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, tashqi siyosat, geosiyosat, geoiqtisodiyot, iqtisodiy diplomatiya, strategik avtonomiya, mintaqalararo hamkorlik, transport diplomatiyasi, investitsiya diplomatiyasi.Abstract
So‘nggi yillarda xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy transformatsiyalar Markaziy Osiyoning xalqaro siyosiy jarayonlardagi strategik ahamiyatini sezilarli darajada oshirmoqda. Rossiya–Ukraina urushi, global transport va ta’minot zanjirlarining qayta shakllanishi, energetika xavfsizligi, yangi savdo yo‘laklarining rivojlanishi hamda yirik davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat Markaziy Osiyo davlatlarini tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarini diversifikatsiya qilishga undamoqda. Natijada mintaqaga Rossiya, Xitoy, Turkiya, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan bir qatorda Yaqin Sharq va Arab dunyosi davlatlarining qiziqishi ham ortib bormoqda.
References
Downloads
Published
2026-08-10