O‘ZBEKISTONDA XIZMATLAR SOHASINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Raqamli transformatsiya, xizmatlar sohasi, iqtisodiy samaradorlik, innovatsion texnologiyalar, elektron xizmatlar, raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda O‘zbekiston xizmatlar sohasining raqamli transformatsiyasi va uning mamlakat iqtisodiy samaradorligiga ta’siri har tomonlama chuqur tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda davlat siyosatida xizmat ko‘rsatish sferasini zamonaviy texnologiyalar yordamida tubdan yangilash, raqamli xizmat va platformalarni joriy etish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Ushbu ishda xizmatlar sohasida raqamli transformatsiyaning turli bosqichlari, sohadagi innovatsiyalarning rivojlanish tendensiyalari, xizmat ko‘rsatishda avtomatlashtirish jarayonlari, texnologiyalar natijasida iqtisodiy unumdorlikning oshishi, bandlik va daromadlar strukturasining o‘zgarishi, soliq va budjet daromadlarining ko‘payishi, iqtisodiy infratuzilmaning zamonaviylashuvi hamda aholining raqamli savodxonligining yuksalishi muhim ahamiyat kasb etadi.