O‘SMIRLARDA OILAVIY NIZOLARNING YUZAGA KELISHIGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘smirlik, oilaviy nizo, ota-ona–o‘smir munosabatlari, avtonomiya, psixologik nazorat, shaxsiy chegaralar, kommunikatsiya, oilaviy rollar, ijtimoiy muhit.Abstract
Mazkur tezisda o‘smirlik davrida oilaviy nizolarning yuzaga kelishi alohida bir sabab yoki o‘smir xulqidagi ayrim salbiy ko‘rinishlarning natijasi sifatida emas, balki oila tizimida sodir bo‘ladigan murakkab ijtimoiy-psixologik qayta tashkil etilish jarayoni sifatida tahlil qilinadi. O‘smirning shaxsiy avtonomiyaga intilishi, ota-onaning tarbiyaviy va nazorat funksiyalari, shaxsiy psixologik chegaralar, oilaviy kommunikatsiya sifati, rollar va o‘zaro kutishlarning nomuvofiqligi, shuningdek, tengdoshlar hamda raqamli-ijtimoiy muhit ta’siri oilaviy nizolarni yuzaga keltiruvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Oilaviy nizoning mavjudligi o‘z-o‘zidan destruktiv oilaviy muhitning belgisi emasligi, uning psixologik ahamiyati nizoning chastotasi, emotsional intensivligi, davomiyligi va qanday usulda hal etilishi bilan belgilanishi asoslanadi. Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi 39 ta oiladan jalb etilgan 52 nafar o‘smirni qamrab olgan dastlabki empirik baza mazkur muammoni mahalliy ijtimoiy-madaniy sharoitda o‘rganish uchun boshlang‘ich ilmiy asos sifatida tavsiflanadi.