O‘SMIRLARDA OILAVIY NIZOLARNI KONSTRUKTIV BARTARAF ETISHDA EMOTSIONAL REGULYATSIYANING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: emotsional regulyatsiya, o‘smirlik, oilaviy nizo, kognitiv qayta baholash, hissiy zo‘riqish, g‘azab, impulsiv javob, ota-ona–o‘smir munosabatlari, konstruktiv muammo yechish.Abstract
Mazkur tezisda emotsional regulyatsiya o‘smirning oilaviy nizoli vaziyatni anglash, hissiy jihatdan qayta ishlash va konstruktiv xulqiy javobni tanlashiga imkon beruvchi muhim shaxs ichki psixologik mexanizm sifatida tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida emotsional ta’sirchanlikning kuchayishi, shaxsiy qadr-qimmat va mustaqillikka bo‘lgan ehtiyojning ortishi ota-ona bilan yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarga hissiy javobning keskinlashishiga olib kelishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, g‘azab, ranjish, xavotir, uyat, adolatsizlik hissi va ehtiyojning to‘sqinlanishidan kelib chiqadigan zo‘riqishni anglash hamda boshqarish, vaziyatni kognitiv qayta baholash, impulsiv reaksiyani kechiktirish va muloqotni davom ettirishga qaratilgan ongli xulqni tanlash nizoni konstruktiv hal etishning muhim shartlari sifatida asoslanadi. Emotsiyani bostirish va uni ongli ravishda boshqarish o‘rtasidagi psixologik tafovut yoritilib, ota-onaning hissiy o‘zini boshqarishi o‘smir uchun ijtimoiy o‘rganish modeli sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf etishga qaratilgan psixokorreksion ishda emotsional savodxonlik, kognitiv qayta baholash, maqsadli tanaffus, tana zo‘riqishini boshqarish va hissiyotlarni maqbul shaklda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi asoslab beriladi.