O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY O‘SISH OMILLARINING TRANSFORMATSIYASI

Authors

  • Seytaliev Maksadbek Mamaduraem o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: Iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy transformatsiya, O‘zbekiston iqtisodiyoti, iqtisodiy o‘sish omillari, zamonaviy tendensiyalar, makroiqtisodiy rivojlanish, investitsiyalar, investitsion faollik, inson kapitali, mehnat unumdorligi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezisda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillarining zamonaviy sharoitdagi transformatsiyasi va uning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar, inson kapitali, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik va eksport salohiyatining iqtisodiy o‘sishga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, iqtisodiy o‘sishning an’anaviy resurslarga asoslangan modeldan bilim, texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish modeliga o‘tish jarayonlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, investitsion faollikni kuchaytirish va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu omillarning uyg‘un rivojlanishi mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

References

Published

2026-08-11