GIDROFOB BETONNING SUV SHIMUVCHANLIGI VA SUV O‘TKAZMASLIK XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH

Authors

  • Imamov Suxrob Solexovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: gidrofob beton, suv shimuvchanlik, suv o‘tkazmaslik, suyuq shisha, natriy silikat, polimer modifikator, kapillyar g‘ovak, beton strukturasi, suvga chidamlilik.

Abstract

Annotatsiya:Ushbu tezisda gidrofob betonning suv shimuvchanligi va suv o‘tkazmaslik xususiyatlarini yaxshilash masalalari tahlil qilingan. Beton konstruksiyalarning uzoq muddat xizmat qilishi ko‘p jihatdan ularning suv va namlik ta’siriga chidamliligiga bog‘liq. Beton tarkibidagi kapillyar va ochiq g‘ovaklar orqali suvning ichki qatlamlarga kirib borishi uning fizik-mexanik xususiyatlarining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda betonning suvga chidamliligini oshirish maqsadida suyuq shisha va polimer modifikatorlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Modifikatorlarning beton strukturasini zichlashtirish, kapillyar g‘ovaklarni kamaytirish va suvning beton ichiga kirib borishini cheklashdagi ta’siri yoritildi. Natijada gidrofob beton olish texnologiyasi betonning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilashning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekanligi aniqlandi.

References

Published

2026-09-03