INVERSION VA IMPLITSIT O‘QITISH: TALABALARDA TIL SEZGISINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK OMILLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: implitsit o‘qitish, til sezgisi, inversion, eksplitsit metod, yashirin bilimAbstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda oliy ta’lim muassasalarining bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida implitsit (yashirin) o‘qitish usuli orqali til sezgisini (linguistic intuition) rivojlantirishning metodik omillari tahlil qilingan. Tadqiqotda ingliz tili sintaksisining murakkab tuzilmalaridan biri bo‘lgan inversion (so‘z tartibining teskari o‘zgarishi) konstruksiyalari misolida an’anaviy eksplitsit metodlarning cheklanganligi ko‘rsatib berilgan hamda implitsit kompetensiyani shakllantirishning konseptual modeli taklif etilgan. Shuningdek, korpus tilshunosligi (DDL), matnni vizual boyitish (textual enhancement), axborot oqimini oshirish (input flood) hamda emotsional-kontekstli topshiriqlar kabi metodik omillarning talabalarda prosedural xotira va avtomatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan.