BRONXIAL ASTMADA TH1/TH2/TH17 SITOKIN MUVOZANATINING BUZILISHI VA T-REGULYATOR HUJAYRALAR ROLI

Authors

  • Eshimov Hamudulla Alimovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bronxial astma, sitokinlar, Th1/Th2 muvozanati, Th17, T-regulyator hujayralar, TSLP.

Abstract

Ushbu tezisda bronxial astma immunopatogenezida Th1, Th2, Th17 va T-regulyator (Treg) hujayralar o‘rtasidagi sitokin muvozanatining buzilishi tahlil qilingan. Adabiyot ma’lumotlari asosida IFN-γ/IL-4 nisbatining Th2 tomonga siljishi, og‘ir va steroidga chidamli astma variantlarida IL-17A darajasining oshishi, shuningdek Treg-hujayralar sonining va ularning IL-10, TGF-β sitokinlari ishlab chiqarish faolligining pasayishi yoritilgan. Bu o‘zgarishlarning kasallik fenotiplarini shakllantirishdagi va davolash strategiyasini tanlashdagi ahamiyati asoslangan bo‘lib, immun toleratsiyani tiklashga qaratilgan yondashuvlarning istiqbolli yo‘nalish ekanligi ko‘rsatilgan.

References

Published

2026-09-08