ARAB TILSHUNOSLIGIDA GRAMMATIK OMIL NAZARIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Authors

  • Xolmirzayeva Dilnoza Alisherovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: arab tilshunosligi, grammatik omil, al-‘āmil, i’rob, amal, ma’mul, Sibavayh, Basra maktabi, Kufa maktabi, nahv, grammatik sabab, Ibn Jinniy, Ibn Mazo al-Qurtubiy, arab grammatik an’anasi.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada arab tilshunosligining muhim nazariy tushunchalaridan biri bo‘lgan grammatik omil (al-‘āmil) nazariyasining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti tahlil qilinadi. Grammatik omil tushunchasining Sibavayh asarlaridagi dastlabki ko‘rinishlaridan boshlab, Ibn as-Sarroj, az-Zajjojiy, Ibn Jinniy, Abdulqohir al-Jurjoniy, az-Zamaxshariy, Ibn Hishom kabi olimlar qarashlarida rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, Basra va Kufa grammatik maktablarining omil masalasidagi yondashuvlari, Ibn Mazo al-Qurtubiyning mazkur nazariyaga nisbatan tanqidiy qarashlari hamda XX asr arab tilshunosligida omil nazariyasini qayta baholash va isloh qilishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida grammatik omil nazariyasi arab grammatik tafakkurining shakllanishi, i’rob hodisalarini izohlash va sintaktik munosabatlarni tizimlashtirishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilgani, ayni paytda uning ayrim jihatlari zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan qayta talqin etilgani aniqlanadi.

References

Published

2026-09-08