OʻZBEKISTONDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMINING AMALDAGI HOLATI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Davlat moliyaviy nazorati, davlat auditi, Hisob palatasi, ichki audit, budjet nazorati, raqamli audit, moliyaviy boshqaruv, fiskal intizom.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezisda O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazorati tizimining amaldagi holati, institutsional tuzilishi va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Unda davlat auditi tizimining takomillashuvi, Hisob palatasining funksional salohiyati, ichki audit mexanizmlarining rivojlanishi, raqamlashtirish va masofaviy nazorat vositalarining joriy etilishi yoritilgan. 2024–2025-yillardagi budjet ko‘rsatkichlari, aniqlangan moliyaviy kamchiliklar, budjet xarajatlarini maqbullashtirish natijalari hamda tashqi qarz loyihalarining auditi tahliliy baholanadi. PEFA baholashlari asosida davlat moliyasini boshqarish tizimining kuchli va zaif jihatlari aniqlanib, moliyaviy nazoratning preventiv salohiyatini oshirish, riskga asoslangan auditni rivojlantirish va davlat xarajatlari natijadorligini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar shakllantiriladi.