OILAVIY ZO‘RAVONLIKNING PSIXOLOGIK OQIBATLARINI DIAGNOSTIKA QILISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Abdullayeva Dilrabo Baxtiyor qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: oilaviy zo‘ravonlik, o‘smirlik, psixologik diagnostika, psixologik travma, ruhiy salomatlik, o‘z-o‘zini baholash, emotsional holat, CEDV, travmaga sezgir yondashuv, kompleks diagnostika.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda oilaviy zo‘ravonlikka duch kelgan bolalar va o‘smirlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik oqibatlarni diagnostika qilishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Oilaviy zo‘ravonlikning psixologik ta’siri faqat bitta simptom yoki emotsional holat bilan chegaralanmay, o‘z-o‘zini baholash, xavfsizlik hissi, emotsional barqarorlik, ijtimoiy munosabatlar, xulq-atvor va shaxsiy rivojlanish kabi bir qator sohalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli bunday holatlarni aniqlashda faqat bitta psixodiagnostik metodikadan foydalanish yetarli emas. Tezisda kompleks, ko‘p manbali va travmaga sezgir diagnostika tamoyillari, oilaviy zo‘ravonlikka duch kelish darajasini aniqlash, psixologik oqibatlarni baholash hamda diagnostik jarayonda o‘smirning xavfsizligi va subyektiv tajribasini hisobga olish masalalari yoritiladi. Shuningdek, Edleson va hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan CEDV shkalasi, o‘z-o‘zini baholash va psixologik salomatlikni baholash vositalaridan kompleks foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

References

Published

2026-09-10