UZUNQIR YODGORLIGI: QASHQADARYO VOHASIDAGI ILK TEMIR DAVRI SHAHARSOZLIK MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: Uzunqir, Kitob tumani, Sho'robsoy, ilk temir davri, Sug'd, Nautaka, Kesh vohasi, mudofaa devori, arxeologik qazishma, shaharsozlik madaniyati, Yerqo'rg'on, Ko'ktepa, Sangirtepa, urbanizatsiya.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi, Kitob tumani hududida, Sho'robsoy sohilida joylashgan Uzunqir shahar xarobasining tarixiy-arxeologik ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Yodgorlikning kashf etilishi va o'rganilish tarixi, uning miloddan avvalgi IX–IV asrlarni qamrab olgan uch bosqichli (Uzunqir I, II, III) davrlashtirilishi, mudofaa tizimining bosqichma-bosqich murakkablashib borishi, shahar rejalashtirilishi hamda kulolchilik majmuasining tipologik xususiyatlari yoritiladi. Uzunqir Yerqo'rg'on, Ko'ktepa, Sangirtepa va Daratepa kabi zamondosh yodgorliklar bilan qiyoslanib, uning Janubiy Sug'd hududidagi shaharlar ierarxiyasida tutgan o'rni — Nautaka viloyatining yirik markazi va harbiy-istehkom shahri sifatidagi mavqei asoslab beriladi. Shuningdek, yodgorlikning Ahmoniylar davri siyosiy tuzumi va Makedoniyalik Aleksandr yurishlari bilan bog'liq tarixiy voqealardagi o'rni ham ko'rib chiqiladi.