MOLIYAVIY BARQARORLIK BOʻYICHA BANK KAPITALI KOʻRSATKICHLARI VA ULARGA QOʻYILGAN TALABLAR
Keywords:
Kalit soʻzlar: bank kapitali, moliyaviy barqarorlik, kapital yetarliligi, regulyativ kapital, I darajali kapital, asosiy I darajali kapital, II darajali kapital, riskka tortilgan aktivlar, Bazel III, kapital buferi, kredit riski, muammoli kreditlar, kapital rentabelligi, bank risklari, stress-test.Abstract
Annotatsiya. Maqolada banklarning moliyaviy barqarorligini taʼminlashda bank kapitalining ahamiyati, uning tarkibi va kapital yetarliligiga qoʻyiladigan xalqaro hamda milliy talablar tadqiq etilgan. Bank kapitalining moliyaviy shoklarni qabul qilish, ehtimoliy zararlarni qoplash, kreditlash faoliyatini uzluksiz taʼminlash va bank tizimiga boʻlgan ishonchni saqlashdagi oʻrni yoritilgan. Tadqiqotda Bazel III standartlari asosida regulyativ kapital, I darajali kapital va umumiy kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati boʻyicha minimal talablar tahlil qilingan. Shuningdek, bank kapitali tarkibida asosiy I darajali kapital, qoʻshimcha I darajali kapital va II darajali kapitalning oʻrni hamda kapitalni hisoblashda qoʻllaniladigan regulyativ korrektirovkalar koʻrib chiqilgan.