TEMIR YO‘L TRANSPORTI TIZIMINING INNOVATSION RIVOJLANISHINI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: temir yo‘l transporti, innovatsion rivojlanish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, iqtisodiy samaradorlik, investitsiya, innovatsion loyiha, xarajatlar, raqobatbardoshlik.Abstract
Annotatsiya. Temir yo‘l transportining iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion rivojlanishni samarali boshqarish muhim ahamiyatga ega. Innovatsion jarayonlar yangi texnologiyalarni joriy etish bilan bir qatorda investitsiya resurslaridan oqilona foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishni nazarda tutadi. Tezisda temir yo‘l transporti innovatsion rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi, uning asosiy tarkibiy qismlari hamda innovatsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari yoritilgan. Shuningdek, raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy natijalari hamda O‘zbekiston temir yo‘l transportida innovatsion rivojlanishni takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.