KAZUO ISHIGURO ROMANLARIDA REPRESSIYA VA ICHKI KONFLIKTNING BADIIY OBRAZ POETIKASIDAGI IFODASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kazuo Ishiguro, repressiya, ichki konflikt, psixologizm, badiiy obraz, narrativ poetika, ichki monolog, xotira, identitet, hikoyachi, hissiy nazorat.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda Kazuo Ishiguro romanlarida repressiya va ichki konfliktning badiiy obraz yaratishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda repressiya qahramonning shaxsiy his-tuyg‘ulari, istaklari va ehtiyojlarini ijtimoiy me’yorlar, professional majburiyatlar yoki mavjud hayotiy sharoitlar ta’sirida cheklashi va bostirishi sifatida talqin qilinadi. Ishiguro ijodida psixologik konflikt ko‘pincha ochiq dramatik to‘qnashuv orqali emas, balki qahramonning ichki monologi, sukuti, o‘z-o‘zini oqlashi, xotiralari va retrospektiv hikoyalashi orqali ifodalanadi. Tadqiqotning asosiy materiali sifatida ‘The Remains of the Day, An Artist of the Floating World’ va ‘Never Let Me Go’ romanlari tanlangan. Stevens, Masuji Ono, Kathy H. va Tommy obrazlari orqali shaxsiy istak va ijtimoiy majburiyat, individual xotira va tarixiy haqiqat, insoniy ehtiyoj va oldindan belgilangan taqdir o‘rtasidagi ziddiyatlar o‘rganiladi.