SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YOSHLARNI MANIPULYATIV VA ISHONCHSIZ AXBOROTDAN HIMOYALASHDA OAVNING ROLI
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada sun’iy intellekt, xususan generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida yoshlarni manipulyativ, chalg‘ituvchi va ishonchsiz axborotdan himoyalashda ommaviy axborot vositalarining roli tadqiq etilgan. Raqamli axborot muhitida matn, tasvir, audio va videoni sun’iy intellekt yordamida yaratish imkoniyatlarining kengayishi axborot ishlab chiqarish va tarqatish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirmoqda. Shu bilan birga, sintetik kontent, deepfake, kontekstdan uzilgan materiallar, sun’iy ravishda yaratilgan ekspert fikrlari va soxta statistik ma’lumotlar yoshlar auditoriyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi xavflarni yuzaga keltirmoqda.
References
Downloads
Published
2026-10-08