SO‘Z YASOVCHI AFFIKSLARNING SEMANTIK GURUHLARI VA MAHSULDORLIK DARAJASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: so‘z yasalishi, so‘z yasovchi affiks, morfema, derivatsiya, affiksal derivatsiya, semantik guruh, mahsuldor affiks, kammahsul affiks, mahsulsiz affiks, yasama so‘z, derivatsion model, morfemik tarkib, semantik munosabat.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilining so‘z yasash tizimida muhim o‘rin tutuvchi so‘z yasovchi affikslarning semantik guruhlari, ularning derivatsion imkoniyatlari hamda mahsuldorlik darajasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. So‘z yasovchi affikslarning yangi leksik birlik hosil qilishdagi o‘rni, affiks va asos o‘rtasidagi semantik munosabat, affiksal ma’noning hosila so‘z mazmunini shakllantirishdagi xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, mahsuldor, kammahsul va mahsulsiz affikslarning o‘zaro farqlari, mahsuldorlikning faqat affiksning qo‘llanish chastotasi bilan emas, balki uning yangi so‘zlar hosil qilish qobiliyati, semantik qamrovi, asoslarning turli-tumanligi va zamonaviy nutqda faolligi bilan belgilanashi asoslanadi. Affikslarning semantik xususiyatlarini ularning struktur, funksional va derivatsion imkoniyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganish so‘z yasalishi tizimining ichki qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.