UYQUSIZLIK SHAROITIDA 3, 9 VA 12 OYLIK OQ KALAMUSHLAR DISTAL YO'G'ON ICHAK (CHAMBAR ICHAK) DEVORINING GISTOMORFOLOGIK ADAPTATIV-KOMPENSATOR QAYTA QURILISHI VA FITOKORREKSIYANING YOSHGA BOG'LIQ SAMARADORLIGI

Authors

  • Umarova Marhabo Nuridinovna Author

Abstract

Zamonaviy sivilizatsiyada surunkali uyqusizlik eng keng tarqalgan psixoemotsional stress omillaridan biri hisoblanadi. Uyqusizlik "bosh miya – ichak" o'qini (brain-gut axis) buzishi hamda yo'g'on ichakning morfofunksional holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi isbotlangan. Ayniqsa, distal chambar ichak (colon descendens) o'zining motorika, sekretor va to'siq (barrier) funksiyalarining xususiyatlari sababli stressor ta'sirlarga o'ta ta'sirchandir. biroq poststressor davrda distal chambar ichak devorining gistomorfologik adaptativ-kompensator qayta qurilishi va bu jarayonlarning yosh omiliga (3, 9 va 12 oylik) bog'liqligi hamda fitokorreksiya (rozmarin va jenshen) samaradorligi yetarlicha o'rganilmagan.

References

Published

2026-10-08