KUZATUVCHANLIK INDEKSLARINING SAMARADORLIGI XATOLIK MODELI TOʻLIQLIGIGA BOGʻLIQLIGI

Authors

  • Ibragimov Umid Shuxratovich Author

Abstract

Robot kalibrlashda oʻlchov pozalarini tanlash identifikatsiya yakobiani singulyar qiymatlari asosida qurilgan kuzatuvchanlik indeksini maksimallashtirish masalasiga keltiriladi. Adabiyotda beshta indeks keng qoʻllanadi va ular tajriba rejalashtirish nazariyasidagi alifbo optimalliklari bilan bogʻlangan. Mavjud qiyosiy tadqiqotlarning umumiy xususiyati shundaki, ular indekslarni bitta qatʼiy belgilangan xatolik modeli doirasida taqqoslaydi. Ushbu ishda boshqa savol qoʻyiladi: model tarkibi oʻzgarganda indekslarning samaradorlik tartibi saqlanadimi va ular umuman tasodifiy tanlovdan ustunlik beradimi.

References

Published

2026-10-08