NO‘XAT (Cicer arietinum L.) GENETIK RESURSLARIDA 1000 DONA URUG‘ VAZNINING AGROEKOLOGIK O‘ZGARUVCHANLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: no‘xat; Cicer arietinum L.; genetik resurslar; 1000 dona urug‘ vazni; agroekologik o‘zgaruvchanlik; seleksiya.Abstract
Tadqiqotda O‘zbekistonning Andijon, Surxondaryo va Toshkent hududlarida 2025-yilda yetishtirilgan 30 ta no‘xat (Cicer arietinum L.) genetik resursida 1000 dona urug‘ vaznining o‘zgaruvchanligi baholandi. Ushbu ko‘rsatkich urug‘ning yirikligi va seleksion qiymatini tavsiflovchi muhim xo‘jalik belgilaridan biri sifatida tahlil qilindi. Hududlar bo‘yicha o‘rtacha qiymat Andijonda 331.71 g, Surxondaryoda 315.15 g va Toshkentda 381.54 g ni tashkil etdi. Genotiplar orasida sezilarli fenotipik farqlanish kuzatildi. Eng yuqori o‘rtacha 1000 dona urug‘ vazni К-630 genotipida 416.49 g, undan keyin К-897 (396.16 g) va К-1488 (381.46 g) qayd etildi. 1000 dona urug‘ vazni bilan don hosildorligi o‘rtasidagi korrelyatsiya r=-0.211 bo‘lib, bu belgilar o‘rtasidagi bog‘lanish kuchsizligini ko‘rsatadi. Natijalar yirik urug‘li genotiplarni ajratish va ularni seleksiya jarayonida boshlang‘ich material sifatida baholash uchun foydali ekanligini ko‘rsatdi.