MOL-MULKNI ISHONCHLI BOSHQARISHNI FUQAROLIK HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Authors

  • Xolmatov Ruslan Nurbobo o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ishonchli boshqarish, boshqaruv muassisi, ishonchli boshqaruvchi, foyda oluvchi, trast, ishonchli boshqarish obyekti, mol-mulkni ajratish.

Abstract

Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdor o‘z mol-mulkini har doim ham o‘zi samarali boshqara olmaydi. Mulk huquqidan voz kechmasdan, mol-mulkni boshqa shaxsga boshqarish uchun topshirish imkonini beruvchi ishonchli boshqarish instituti aynan shunday ehtiyojga xizmat qiladi. O‘zbekistonda u FKning ikkinchi qismi bilan, ya’ni 1997-yil 1-martdan joriy etilgan [1]. Mulkdorlar huquqlarining umumiy kafolatlari “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlangan [2]. Shunga qaramay, olimlar bu institut amaliyotda keng qo‘llanilmayotganini va ixtisoslashgan professional boshqaruvchilar yetarli emasligini ta’kidlaydilar [5]. Prezidentning 2019-yil 5 apreldagi F-5464-son farmoyishiga muvofiq yangi tahrirdagi FK loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yilgan [4]. Shu bois institutni, xususan uning obyektlari huquqiy rejimini xorijiy tajriba bilan qiyoslab tahlil qilish dolzarbdir.

References

Published

2026-10-08