EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROMDA OYOQ ARTERIYALARIDA CD34 EKSPRESSIYASINING DINAMIKASI VA ENDOTELIAL REMODELLANISH

Authors

  • Otamurodov A.N Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: metabolik sindrom, oyoq arteriyalari, CD34, endotelial disfunksiya, immunogistokimyo, tomir remodellanishi, morfometriya, kollagen, elastik tolalar.

Abstract

Ushbu tezis eksperimental metabolik sindrom sharoitida kalamushlar oyoq arteriyalarida endotelial qatlamning immunogistokimyoviy holatini CD34 markerining dinamik ekspressiyasi asosida baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 90 ta jinsiy voyaga yetgan oq erkak laboratoriya kalamushlarida yuqori kaloriyali parhez va 10% li fruktoza eritmasi yordamida metabolik sindrom modellashtirildi. 30, 60 va 90-kunlarda tashqi yonbosh, son, tizza osti, oldingi va orqa katta boldir arteriyalari o‘rganildi. CD34 ekspressiyasi dastlabki bosqichdayoq pasayib, nazoratdagi 87,53% dan 30-kunda 70,19%, 60-kunda 58,42% va 90-kunda 46,78% gacha kamaydi. Ushbu dinamika endotelial qatlam yaxlitligi va funksional faolligining bosqichma-bosqich buzilishini ko‘rsatdi. CD34 ekspressiyasi arterial ichki diametr va elastik tolalar miqdori bilan kuchli ijobiy, intima qalinligi, intima/media indeksi, tomir devorining umumiy qalinligi va kollagen tolalari ulushi bilan kuchli salbiy bog‘liq bo‘ldi. Natijalar CD34 ekspressiyasining pasayishi metabolik sindromda periferik arteriyalarning erta va progressiv endotelial remodellanishini aks ettiruvchi muhim immunomorfologik ko‘rsatkich ekanligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-08