SANOAT KORXONALARIDA ESG KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH INDIKATORLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit soʻzlar: ESG, ESG ko‘rsatkichlari, ESG indikatorlari, sanoat korxonalari, barqaror rivojlanish, ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat, korporativ boshqaruv, ekologik indikatorlar, ijtimoiy indikatorlar, boshqaruv indikatorlari, ESG baholash.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda sanoat korxonalarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ESG ko‘rsatkichlarini baholash indikatorlari tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Sanoat korxonalari faoliyatining barqarorligini baholashda mavjud indikatorlarning mazmuni, ularni shakllantirish tamoyillari hamda amaliy qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. ESG ko‘rsatkichlarini korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish, indikatorlarning o‘lchanuvchanligi va taqqoslanuvchanligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Takomillashtirilgan indikatorlar tizimidan foydalanish korxonalarning ekologik mas’uliyati, ijtimoiy samaradorligi va boshqaruv sifatini kompleks baholash imkoniyatlarini kengaytirishi asoslangan. Shuningdek, natijalardan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish yo‘nalishlari belgilangan.