YOSHLARNING JAMOATCHILIK FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH: YETAKCHILIK, KO‘NGILLILIK VA IJTIMOIY MAS’ULIYATNING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yoshlar, jamoatchilik faolligi, yetakchilik, ko‘ngillilik, ijtimoiy mas’uliyat, fuqarolik jamiyati, yoshlar siyosati, ijtimoiy tashabbus, volontyorlik, fuqarolik pozitsiyasi, mahalla, ijtimoiy hamkorlik, yoshlar tashkilotlari, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy rivojlanish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlarning jamoatchilik faolligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik va ma’naviy asoslari, yoshlar orasida yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish, ko‘ngillilik faoliyatini kengaytirish hamda ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini yuksaltirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini faollashtirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va ijtimoiy muammolarni hal etishga jalb qilishning ahamiyati tahlil qilingan. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning jamoat tashkilotlari, mahalla, ta’lim muassasalari va ko‘ngillilar harakatidagi ishtirokini rivojlantirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilib, yetakchilik, ko‘ngillilik va ijtimoiy mas’uliyatning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan.