HARBIY XIZMATCHILAR KASBIY MOSLASHUVINI O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • Abduvaliyev Bekzod Kudratovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: kasbiy moslashuv, harbiy xizmatchi, dezadaptatsiya, psixologik omillar, stressga bardoshlilik.

Abstract

Dolzarbligi. Harbiy xizmat yuqori mas’uliyat, qat’iy reglament va yuklama bilan tavsiflanadi. Shu sababli harbiy xizmatchining kasbiy muhitga moslashuvi bo‘linmaning jangovar tayyorgarligi, jamoa birdamligi va xizmat samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Ayniqsa xizmatning dastlabki davrida yosh harbiy xizmatchi odatiy turmush tarzidan qat’iy reglamentli muhitga o‘tadi, shuning uchun aynan shu bosqichda moslashuvning qanday kechishi muhim ahamiyat kasb etadi. Moslashuvdagi buzilishlar tushkunlik, nizolar va intizom buzilishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uning nazariy-metodologik asoslarini aniqlashtirish dolzarb ilmiy-amaliy vazifadir.

References

Published

2026-10-09