SURUNKALI YIRINGLI O‘RTA OTITDA VESTIBULYAR FUNKSIYANI BAHOLASHNING ZAMONAVIY DIAGNOSTIK USULLARI

Authors

  • Atabayev Qadamboy Qahramon o‘g‘li Author
  • Haydarova G. S. Author

Abstract

Dolzarblik. Surunkali yiringli o‘rta otit (SYO‘O) ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan surunkali yuqumli kasalliklardan biridir. U eshitish pasayishidan tashqari ichki quloq tuzilmalarining zararlanishiga ham olib kelishi mumkin [1]. SYO‘Oda bosh aylanishi va vestibulyar testlardagi o‘zgarishlar haqidagi dalillar sharhlarda jamlangan [2]. Chakka suyagi gistopatologik tadqiqotlarida lateral yarim doira kanal, sakkula va utrikulada tukli hujayralar zichligining kamayishi aniqlangan [3]. O‘zgarishlar koxleaning bazal buramidan boshlanib, kasallikning kech bosqichlarida sakkula va utrikulaga o‘tishi tasvirlangan [4]. Vestibulyar gangliya neyronlari esa saqlanib qolgan [5]. Klinikada bolalikdagi o‘rta otit kattalikdagi bosh aylanishi bilan bog‘liqligi populyatsion kogort tadqiqotda ko‘rsatilgan [6], surunkali o‘rta otitli bemorlarda bosh aylanishining namoyon bo‘lishi esa xalqaro ko‘p markazli COMQ-12 tadqiqotida tahlil qilingan [7]. Shikoyat va test natijalari doim mos kelavermaydi: vestibulyar test o‘zgarishlari shikoyatsiz bemorlarda ham uchraydi [1, 7]. Shu sababli diagnostika usullarini ongli tanlash muhim.

References

Published

2026-10-09