GLITSIRRIZIN KISLOTASI VA UNING TUZLARINING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI HAMDA KOMPLEKS HOSIL QILISHDAGI AHAMIYATI

Authors

  • Kuranboyeva Roziya Author

Keywords:

KALIT SO‘ZLAR: Glitsirrizin kislotasi, glitsirrizinatlar, monoammoniyli tuz, uchammoniyli tuz, Glycyrrhiza glabra L., fizik-kimyoviy xususiyatlar, kompleks birikma, oqsil, biologik faol moddalar, IQ-spektroskopiya, UB-spektroskopiya, molekulalararo o‘zaro ta’sir.

Abstract

Ushbu tezisda glitsirrizin kislotasi va uning ammoniyli tuzlarining asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari hamda kompleks birikmalar hosil qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Glitsirrizin kislotasi va uning tuzlarining molekulyar tuzilishi, eruvchanligi, shuningdek, IQ- va UB-spektroskopik xususiyatlari tahlil qilingan. Molekuladagi gidroksil, karbonil va karboksil guruhlarining oqsil tabiatli biologik faol moddalar bilan molekulalararo o‘zaro ta’sirlashuvidagi roli ko‘rib chiqilgan. Glitsirrizin kislotasi tuzlarining funksional guruhlari hisobiga vodorod bog‘lari, elektrostatik va boshqa molekulalararo o‘zaro ta’sirlar yuzaga kelishi hamda ularning kompleks hosil bo‘lish jarayonidagi ahamiyati asoslangan. Olingan ma’lumotlar glitsirrizin kislotasi va uning ammoniyli tuzlaridan biologik faol kompleks birikmalar olish uchun istiqbolli komponent sifatida foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-09