AEROPORTLARDA QUShLAR TOMONIDAN YUZAGA KELADIGAN XAVF – XATARLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: aviatsiya xavfsizligi, qushlar bilan to‘qnashuv (wildlife strike), aeroport infratuzilmasi, ornitologik ta’minot, ICAO IBIS, FAA NWSD, gazturbin dvigatel, kinetik zarba kuchi, ekologik monitoring.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada aeroportlar va ularga tutash hududlarda havo kemalarining qushlar hamda yovvoyi hayvonlar bilan to‘qnashuvidan kelib chiqadigan xavf-xatarlar tahlil qilingan. Tadqiqotda ICAO (IBIS) va FAA (NWSD) xalqaro ma’lumotlar bazalariga tayanilgan holda, so‘nggi yillardagi ornitologik to‘qnashuvlar dinamikasi hamda ularning oqibatlari statistik jihatdan o‘rganilgan. Yuqori tezlikda ro‘y beradigan to‘qnashuvlarning kinetik zarba kuchi hisob-kitoblari ko‘rsatib berilgan hamda havo kemasi konstruksiyalari — xususan dvigatellar, old oynalar va qanotlarning shikastlanish ko‘rsatkichlari qiyosiy baholangan. Shuningdek, xalqaro ekologik-huquqiy cheklovlar sharoitida aerodromlar atrof-muhitini kompleks boshqarish, ornitologik monitoringni kuchaytirish va profilaktik himoya vositalarini joriy etish orqali parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.