SHIMOLIY FARG‘ONADA EKOTURISTIK DESTINATSIYALARINI TASHKIL ETISHDA TABIIY-ANTROPOGEN OMILLARNING O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Shimoliy Farg‘ona, ekoturizm, turistik destinatsiya, tabiiy-antropogen omillar, landshaft, rekreatsion resurslar, ekologik barqarorlik, turistik infratuzilma, geografik tahlil.Abstract
Ushbu maqolada Shimoliy Farg‘ona hududida ekoturistik destinatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda tabiiy hamda antropogen omillarning o‘rni geografik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Hududning relyefi, iqlimi, suv resurslari, o‘simlik qoplami va landshaft xilma-xilligi ekoturizmni rivojlantirishning tabiiy asoslari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, aholi joylashuvi, transport infratuzilmasi, an’anaviy bog‘dorchilik, tarixiy-madaniy meros, turistik xizmatlar va hududning xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirilishi kabi antropogen omillarning destinatsiyalar shakllanishiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqotda geografik taqqoslash, tizimli tahlil, kartografik yondashuv va destinatsiyalarning salohiyatini sifat jihatidan baholash usullaridan foydalanish tamoyillari asos qilib olindi. Tahlil natijasida tabiiy resurslar va inson faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik ekoturistik hududlarning jozibadorligi, iqtisodiy samaradorligi hamda ekologik barqarorligini belgilovchi muhim shart ekanligi asoslanadi. Hududda ekoturistik marshrutlarni shakllantirish, tabiiy landshaftlarga antropogen bosimni kamaytirish va mahalliy aholi ishtirokini kuchaytirishga doir takliflar ishlab chiqiladi.