ELEKTRОN TIJОRАT PLАTFОRMАLАRIDА TUZILАDIGАN SHАRTNОMАLАR TАRАFLАRI, ULАRNING HUQUQ VА MАJBURIYАTLАRI

Authors

  • Allambergenova Zamira Rasbergen qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Elektron tijorat, platforma operatori, elektron shartnoma, algoritmik boshqaruv, raqamli regulyator, iste’molchilar huquqi, elektron oferta va aksept, raqamli iqtisodiyot.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat platformalarida tuziladigan shartnomaviy munosabatlarning huquqiy tabiati, uning ko‘p qatlamli va ko‘p subyektli tizim sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari kompleks ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda elektron tijoratning asosiy ishtirokchilari — platforma operatori, sotuvchi va xaridor (iste’molchi)ning huquqiy maqomi, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari xalqaro huquqiy doktrinalar (Julie E. Cohen, Frank Pasquale, Niva Elkin-Koren va boshqalar) hamda milliy qonunchilik normalari asosida yoritib berilgan. Shuningdek, platforma operatorlarining "raqamli regulyator" sifatidagi roli, "algoritmik boshqaruv" (algorithmic governance) mexanizmlari, axborot asimmetriyasi sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kafolatlari hamda elektron oferta va akseptning yuridik kuchiga oid masalalar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

References

Published

2026-10-09