STRUKTURASIZ CHO‘L TUPROQLARINING GEOKIMYOVIY XUSUSIYATLARINI DASTLABKI BAHOLASH

Authors

  • Adilova Nigora Oktyamovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: strukturasiz tuproq, cho‘l tuprog‘i, geokimyoviy tarkib, XRF, rentgen-fluorestsent tahlil, tuproq degradatsiyasi.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu tezisda Surxondaryo hududidagi strukturasiz cho‘l tuproqlarining elementar tarkibini dastlabki baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotda T-1 va T-2 tuproq namunalari olindi hamda ularning elementar tarkibi rentgen-fluorestsent tahlil (X-ray fluorescence-XRF) usuli yordamida aniqlandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, har ikki namunada kremniy (Si), kalsiy (Ca), temir (Fe), alyuminiy (Al) va kaliy (K) asosiy elementlar sifatida qayd etildi. T-1 namunasida Si – 51,067%, Ca – 23,427%, Fe – 9,903%, Al – 8,576% va K – 5,089% ni tashkil etdi. T-2 namunasida esa ushbu elementlarning miqdori mos ravishda 49,649; 22,134; 9,588; 9,815 va 6,059% bo‘ldi. Marganes miqdori T-1 namunasida 0,229%, T-2 namunasida esa 1,031% ni tashkil etib, namunalar o‘rtasida sezilarli farq kuzatildi. Mis miqdori 0,027 va 0,024% bo‘lib, mos ravishda 270 va 240 mg/kgga teng. Olingan natijalar strukturasiz cho‘l tuproqlarining geokimyoviy holatini dastlabki tavsiflash va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqishda boshlang‘ich ma’lumot sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-10