OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING MUSTAQIL FIKRLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, mustaqil fikrlash, kompetensiya, pedagogik mexanizm, mustaqil ta’lim, muammoli ta’lim, refleksiya, pedagogik hamkorlik, talaba.Abstract
Mazkur tezisda oliy ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish muammosi tahlil qilinadi. Zamonaviy mehnat bozori va ijtimoiy muhitning tezkor o‘zgarishi sharoitida mutaxassisdan faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki mavjud bilimlarni tahlil qilish, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va o‘z fikrini asoslash qobiliyati talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan, talabaning mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb vazifa sifatida asoslanadi. Tezisda muammoli ta’lim, refleksiv yondashuv, mustaqil ta’lim va dialogik pedagogik hamkorlikni o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida taklif etilayotgan pedagogik mexanizmning mazmuni yoritiladi.