TOMCHILATIB SUG‘ORISH SHAROITIDA BUG‘DOYNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Authors

  • Umirzoqov O‘ralbek Yorqul o‘g‘li Author
  • Axmirzayev Shavkat Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bug‘doy, tomchilatib sug‘orish, o‘sish, rivojlanish, hosildorlik, tuproq namligi, vegetatsiya davri, sug‘orish rejimi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezisda tomchilatib sug‘orish sharoitida bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Bug‘doyning vegetatsiya davrida suv bilan ta’minlanishi, tuproq namligi, sug‘orish rejimi hamda oziqlanish sharoiti o‘simlikning biomassa to‘plashi, boshoq shakllantirishi va don hosilining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va qiyosiy yondashuv asosida tomchilatib sug‘orishning bug‘doy agrobiologik ko‘rsatkichlariga ta’sir mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sug‘orish rejimini maqbullashtirish orqali hosildorlikni barqarorlashtirish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslanadi.

References

Published

2026-10-10