RAQAMLI MAHSULOTLARGA OID XALQARO SHARTNOMALARNI TUZISH VA IJRO ETISHDA KOLLIZION HUQUQ MUAMMOLARI

Authors

  • Abdurashidov Zayniddin Author

Abstract

So‘nggi o‘n yillikda dasturiy ta’minotga litsenziyalar, “xizmat sifatidagi dasturiy ta’minot” (SaaS), bulutli xizmatlar hamda raqamli kontent (elektron kitob, audiovizual asar, kompyuter o‘yini) transchegaraviy fuqarolik muomalasining mustaqil segmentiga aylandi. Bunday mahsulotning o‘ziga xosligi shundaki, u moddiy tashuvchiga bog‘lanmaydi, bir vaqtning o‘zida bir nechta davlat hududida mavjud bo‘ladi, shartnoma esa ko‘pincha bir “bosish” (click-wrap) orqali tuziladi. Natijada xalqaro xususiy huquqning an’anaviy hududiy bog‘lovchilari – shartnoma tuzilgan joy, tovar topshirilgan joy, ashyo turgan joy – o‘z aniqligini yo‘qotmoqda.

References

Published

2026-10-10