RAQAMLI MAHSULOTLARNI XALQARO FUQAROLIK MUOMALASIDA HUQUQIY MUHOFAZA QILISH VA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI TARTIBGA SOLISH

Authors

  • Abdurashidov Zayniddin Author

Abstract

Raqamli mahsulotning iqtisodiy qiymati uning moddiy tashuvchisida emas, balki unga nisbatan mavjud bo‘lgan intellektual mulk huquqlarida mujassam. Dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, raqamli musiqa yoki elektron kitob internet orqali bir lahzada yuzlab yurisdiksiyaga yetib boradi. Ularga nisbatan huquqlar esa Bern konvensiyasidan buyon hududiylik tamoyili asosida har bir davlatda alohida vujudga keladi va himoya qilinadi. Global tarqatish va hududiy muhofaza o‘rtasidagi ana shu ziddiyat raqamli mahsulotlar xalqaro muomalasining asosiy huquqiy muammosi hisoblanadi.

References

Published

2026-10-10