BUG’LATISH QURILMALARIDA IKKILAMCHI BUG’ KONDENSATSIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING GIDRODINAMIK USULLARI

Authors

  • Ramazonov S.S. Author
  • Xabibov F.Y. Author
  • Sharipov N.Z. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bug’latish qurilmasi, ikkilamchi bug’, kondensatsiya, gidrodinamika, issiqlik almashinuvi, massa almashinuvi, Reynolds soni, Nusselt soni, kondensat plyonkasi, turbulent oqim, issiqlik uzatish koeffitsiyenti.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda bug’latish qurilmalarida hosil bo‘ladigan ikkilamchi bug’larni kondensatsiyalash samaradorligini oshirishda gidrodinamik omillarning ahamiyati tahlil qilinadi. Kondensatsiya jarayonida bug’ oqimining tezligi, Reynolds soni, kondensat plyonkasi qalinligi, oqimning turbulentlik darajasi, bosim yo‘qotishlari hamda fazalararo sirtning gidrodinamik holati muhim parametrlar sifatida qaraladi. Ikkilamchi bug’ning kondensator ichida harakatlanish rejimini optimallashtirish orqali issiqlik almashinuvi intensivligini oshirish, kondensat plyonkasi qarshiligini kamaytirish va qurilmaning umumiy issiqlik samaradorligini yaxshilash mumkin. Tadqiqotda oqim tezligini optimallashtirish, kondensat plyonkasini yupqalashtirish, oqimni turbulentlashtirish, konstruktiv elementlar yordamida ikkilamchi bug’ oqimini bir tekis taqsimlash va bosim yo‘qotishlarini kamaytirish kabi gidrodinamik usullar ko‘rib chiqilgan.

References

Published

2026-10-10