YUECHJI–KUSHON MUAMMOSINING ARXEOLOGIYA FANIDA O‘RGANILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Yuechji, Kushon, Kushon podsholigi, Baqtriya, Toxariston, Kujula Kadfiz, Kanishka, Rabatak yozuvi, numizmatika, epigrafika, arxeologiya, migratsiya, Shimoliy Baqtriya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda Yuechji va Kushonlar tarixining o‘zaro munosabati, ularning etnik-madaniy kelib chiqishi, migratsion jarayonlari hamda Kushon davlatining shakllanishi bilan bog‘liq ilmiy qarashlar tahlil qilinadi. “Yuechji–Kushon muammosi” yozma, arxeologik, numizmatik va epigrafik manbalar asosida yoritiladi. Qadimgi Xitoy yilnomalari, Kushon tangalari, Rabatak yozuvi va Shimoliy Baqtriya arxeologik materiallari asosida Yuechji konfederatsiyasi va Kushon sulolasi o‘rtasidagi tarixiy aloqalar ko‘rib chiqiladi. Xorijiy va Markaziy Osiyo tadqiqotchilarining qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, Kushon davlatining shakllanishi Yuechjilarning siyosiy an’analari bilan Baqtriyaning mahalliy siyosiy, iqtisodiy va madaniy muhitining uzoq muddatli integratsiyasi natijasi sifatida baholanadi.