SHHTNING MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDAGI SIYOSIY ROLI VA INSTITUTSIONAL IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Shanxay hamkorlik tashkiloti, Markaziy Osiyo, mintaqaviy xavfsizlik, xalqaro munosabatlar, terrorizm, ekstremizm, separatizm, siyosiy hamkorlik, institutsional mexanizmlar.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda Shanxay hamkorlik tashkilotining Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi siyosiy roli, institutsional tuzilishi va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mintaqada terrorizm, ekstremizm, separatizm, transmilliy jinoyatchilik, noqonuniy qurol va giyohvandlik vositalari savdosi kabi xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda tashkilotning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi siyosiy muloqot, axborot almashinuvi, qo‘shma tadbirlar va mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tashkilot faoliyatidagi mavjud muammolar hamda uning institutsional salohiyatini rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi.
References
Downloads
Published
2026-10-10