GEOGRAFIYA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Authors

  • Xolova Salomat Toirovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: geografiya, interaktiv metod, ta’lim samaradorligi, pedagogik texnologiya, interfaol ta’lim, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, muammoli ta’lim, loyiha metodi, hamkorlik, mustaqil fikrlash, geografik tafakkur.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada geografiya darslarini samarali tashkil etishda interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchining faqat tayyor bilimlarni qabul qilishi emas, balki mustaqil fikrlashi, muammoni tahlil qilishi, o‘z fikrini asoslay olishi, jamoada hamkorlik qilishi va egallagan bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llay olishi muhim hisoblanadi. Shu jihatdan geografiya fanini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanish o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, geografik bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish, xarita va statistik ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi. Maqolada “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “BBB”, “Insert”, “Muammoli vaziyat”, “Juftlikda ishlash”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Loyiha metodi” kabi interaktiv metodlarning geografiya darslarida qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlarni tanlashda darsning maqsadi, mavzuning mazmuni, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari hamda kutilayotgan ta’lim natijalarini hisobga olish zarurligi asoslangan.

References

Published

2026-10-11