NAQSHBANDIYA G‘OYALARINING MINTAQA IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI
Abstract
Naqshbandiylik tariqati boshqa tasavvuf tariqatlaridan farq qilib, kamtarona hayot kechirishga chaqiradi va bu kamtarona hayotini o‘z mehnati, kasbi hunari va ilm asosiga qurishni targ‘ib qiladi. Bahouddin Naqshband musulmonlarni mehnat bilan kun ko‘rishga chaqirib, “dil ba yoru dast ba kor”[1] ya’ni, qalbing Allohda qo‘ling mehnatda bo‘lsin g‘oyasi tasavvufda alohida o‘rin egallaydi. O‘zi ham shu aqidaga rioya qilib dehqonchilik bilan shug‘ullanadi va o‘z tomorqasiga bug‘doy, mosh ekib shundan chiqqan daromad evaziga kun kechiradi. Bahouddin Naqshband hayoti davomida ko‘pgina shogirdlar orttirgan. Bahouddin Naqshband targ‘ib qilgan g‘oyalar tasavvuf falsafasida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. U olamdan o‘tgandan so‘ng musulmon dunyosidagi ko‘pgina olimlar Bahouddin Naqshband g‘oyalariga amal qilgan uning fikrlarini jamlab o‘sha yo‘nalishda ijod qilganlar. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi olimlar ham o‘z asarlarida Bahouddin Naqshband va uning g‘oyalarini hurmat bilan tilga oladilar. Hozirda shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi katta arxitektura majmuasi joylashgan. Mozor Abdulazizxon buyrug‘i bilan tartibga solingan (XVI-asr). 1544-1545 yillarda majmuaning eng katta binosi xonaqoh qurilgan. Uning atrofida maqbara, ikkita masjid, sakxona, xovuz, kuduk, minora, madrasa va Abdullaxon xonaqohi kiradi. Ziyoratchilarning ko‘pligi sababli ziyoratchilar uchun binolar qurilgan. Pir va muridlik muomalasida quyidagi uch narsa asosiy ahamiyat kasb etadi:
[1] Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari. – Toshkent: “Sharq”, 2004. – B.179.