OLIY TA’LIM TALABALARINING MUSTAQIL IZLANISH VA MANTIQIY DALILLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Atabayeva Muxlisa Erkin-qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, matematika, matematik muammo, mustaqil izlanish, mantiqiy dalillash, ilmiy tafakkur, muammoli ta’lim, refleksiya, matematik modellashtirish, pedagogik shart-sharoitlar.

Abstract

Annotatsiya. Oliy ta’lim talabalarining matematik muammolarni yechish jarayonida mustaqil izlanish va mantiqiy dalillash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Matematik ta’limning intellektual rivojlanishga ta’siri, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, faraz ilgari surish, yechim strategiyalarini tanlash, muqobil usullarni taqqoslash va matematik xulosalarni asoslash jarayonlarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, mustaqil izlanish va mantiqiy dalillash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik tamoyillar, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar hamda topshiriqlarni tashkil etish usullari tavsiflangan. Matematik topshiriqlarni reproduktiv faoliyatdan tadqiqiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

Published

2026-10-11